Biz haqimizda
Sayohatning eng yaxshi qismi — uni kimdir bilan bo'lishishing!
Rhomb 2025-yilda bir-birini tanigan bir guruh insonlarning Telegram'da shunchaki oddiy guruh ochib, ilk sayohatini birgalikda tashkil qilishi bilan boshlangan. Bugun esa biz O'zbekiston bo'ylab guruhli sayohatlar, bir kunlik safarlar va chodirli tunashlarni tashkil qilamiz. Siz biz bilan yo'lga chiqasiz, yangi insonlar bilan tanishasiz, yangi joylarni kashf qilasiz va har bir sayohatdan o'zingiz bilan unutilmas bir hikoya olib qaytasiz.
Biz bilan yo'lga chiqing
O'zingizga mos sayohatni tanlang, yangi odamlar bilan tanishing va yangi xotiralar yarating.